Optimistik nihilizm. | Kurzgesagt

🎁Amazon Prime 📖Kindle Unlimited 🎧Audible Plus 🎵Amazon Music Unlimited 🌿iHerb 💰Binance

Video

Transkript

Insoniyatning dunyoga kelishi ham qo’rqinchli, ham jumboqli.

Yuz ming yil muqaddam hushimizga kelib, o’zimizni ajib oshyonda topdik.

U yerda boshqa mavjudotlar ham bor edi. Ular bizga taom

va biz ularga taom edik. Ichishga suvimiz, buyumlar yasashga yog’och bor edi

Isinish uchun kunduzgi osmon qo’ynida mitti sariq koptok bo’lardi.

Tungi osmon bag’ri jozibador chiroqlar bilan to’la edi.

Bu makon, hech shubhasiz, biz uchun yaratilgan edi.

Samolardan bizni kimdir kuzatardi.

Biz o’z uyimizda edik. Mana shu bizga taskin berdi.

Yoshimizga yosh qo’shilib, o’zimiz va dunyo haqidagi bilimlarimiz oshdi.

Zarrin chiroqlar biz uchun nur sochmasligi, ular ko’kda porlashini bildik

Biz hozir koinot deb ataydigan makonning markazida emasligimiz

va u o’ylagamizdan ancha uzoq o’tmishga egaligidan xabar topdik.

Tanamiz mitti jonsiz xilqatlardan iborat yirikroq tirik

mavjudotlardan tashkil topgani va o’tmish zarvaraqlarining

yana bir foniy sahifasi ekanligimizni tushunib yetdik.

Biz hech qachon tark etib bo’lmas galaktikalar to’plamidagi o’rtacha

kattalikdagi tinch galaktikalardan birida yashayotganimizdan xabar topdik.

Galaktikamiz esa “katta galaktikalar to’plami” dagi kichik bir galaktika.

Biroq hatto “katta galaktikalar to’plami” ham biz “ochiq koinot” deb ataydigan

minglab galaktikalar orasida joylashgan. Koinot biz bilgandan million marta

kattaroq bo’lishi mumkin, lekin buni hech qachon bila olmaymiz.

Ikki yuz million galaktika, sanoqsiz sayyorlar deb ularga

miqdor berishimiz mumkin, lekin bu sonlar hech narsa anglatmaydi. Ongimiz

bunday tushunchalarni tushunishga ojizlik qiladi. Koinot esa o’ta ulkan.

Ammo bizni tashvishga soladigani miqdor emas, bu — vaqt.

Yoki yanada aniqroq qilib aytganda, bizga berilgan vaqt.

Agar omadingiz kelib, yuz yil yashasangiz,

ixtiyoringizda besh ming ikki yuz hafta qolibdi.

Hozir 25 yoshda bo’lsangiz, umringiz tugashiga 3900 hafta bor.

Agar 70 yil hayot kechirsangiz, 2300 hafta umringiz qolibdi —

juda uzoq vaqt..lekin aslida unday emas.

Undan keyin-chi?

Organizm hujayralari yashash xususiyatlari va uning

imkoniyatlari asta-sekin susaya boshlaydi.

Ayrim insonlar ko’z bilan ko’rib,

o’lchab bo’lmas yarmimiz borligiga ishonishadi,

ammo bu bizga qorong’iligicha qolmoqda, xullas,

hayot shundan iborat va o’lim muqarrar.

Buni eshitish o’ta qo’rqinchli tuyilishi mumkin.

Agar siz dunyoga kelishingizdan 13.75 milliard yil ilgari vaqtni yodga

olmasangiz, sizdan keyingi bir necha trillion yil ko’z yumguncha o’tib ketadi.

Ko’zlaringizni yuming. Birgacha sanang.

Abadiyat xuddi shunday tuyiladi.

Vaqti kelib, koinot ham o’z poyoniga yetadi va undagi jamiki narsalar tugaydi.

Videolarimiz ko’pchilikka umrning foniy ekanligini eslatadi,

u sizga shu choqqacha zarracha taskin bermadi.

Lekin bu gal o’zgacha yondashuvni taklif qilmoqchimiz:

ilmiylikdan yiroq, Kurzgesagt falsafiy qarashi, deb qabul qiling.

Tanqidiy mulohaza yuritishni iltimos qilib qolardik,

Umrning o’tkinchiligiga optimistik nigilizm fenomeni bilan raddiya beramiz.

Bu bilan nima demoqchimiz?

Qisqasi, ko’kdagi 200 trillionlab yulduzlar biz uchun emas.

Qaysidir ma’noda, biz borliqdagi eng shafqatsiz hazilga chuv tushdik.

Hikoya biz haqimizda emasligini tushunib yetdik.

Elektron va hujayra tuzilish haqidagi bilimlar qanchalik

foydali bo’lmasin, ilm-fan ko’nglingizni zarracha yupatmaydi.

Xo’sh, unda nima qilish kerak?

Bir bora hayotga kelish kishini qo’rquvga soladi, ammo bu erkinlik ham degani.

Agar koinot halokatga yuz tutsa, hayotda ko’rgan xor-u zorliklaringiz,

qilgan xatolaringiz umringiz oxirida ahamiyatsiz bo’lib qoladi.

Qilgan yomonliklaringiz ham abadiy qolmaydi.

Agar hayot bizga faqat bir marta berilsa, gar koinotda hech qanday

maqsad yo’q ekan, unda muhim tanlovni qabul qilish o’z qo’limizda.

Agar borliq maqsadsiz bo’lsa, unga mazmun bag’ishlash o’z qo’limizda.

Kun kelib insoniyat umri o’z nihoyasiga yetadi, ammo bundan

oldin, biz o’zimizni va atromizdagi olamni o’rganishimiz kerak.

Hissiyotlarni tuymog’imiz, shafaqlarga va bir-birimizning diydorimizga

to’yishimiz kerak. Bularni o’ylashning o’zi naqadar ajoyib!

O’zimizni yakka insonga chiqarib qo’yish oson, lekin bu haqiqatdan yiroq.

Bizlar ham misoli koinotdagi neytron yulduzlar

yoki qora tuynuk yoki nebulalarmiz.

Hatto ulardan ham ulug’rog’i, uning fikrlay va his qila oladigan

bo’lagimiz: koinotning muhim a’zolari.

Keng koinot bizning izmimizda, shunday ekan, baxtli hayot kechirishga

va yulduzlarda yangi olamlarni yaratishga xolis niyat qilaylik.

Bu, olamda biz bilmagan narsa qolmadi, degani emas.

Koinotning qonunlari, dunyo qanday yaralgani, hayot o’zi

nimaligi bizga hali ham qorong’i.

Tiriklik o’zi nima, koinotda boshqa tirik mavjudotlar mavjudmi, degan savollar

bizni hamon qiynab kelmoqda.

Hali bizlarni qadam yetmagan millionlab yulduzlar, shifosi

topilmagan xastaliklar, yordamga muhtoj insonlar, tuyilmagan

baxtli onlar kutib turibdi.

Ishimiz talaygina.

Xullas, xoynaxoy sizga in’om etilgan vaqtning bir qanchasini yashab bo’ldingiz.

Agar hayot bizga bir marta in’om etilsa, unda quvnab, baxtli hayot kechirmaslikka

hech qanday sabab yo’q.

Boshqa insonlar hayotini yaxshilsangiz nur ustiga nur.

Koinotda yangi svilizatsiyani qursangiz nur ustiga a’lo nur.

Qalbingiz buyurganini qiling.

Unga qay mazmun berishni o’zingiz hal qilasiz