Yumurta - Qisqa hikoya. | Kurzgesagt

🎁Amazon Prime 📖Kindle Unlimited 🎧Audible Plus 🎵Amazon Music Unlimited 🌿iHerb 💰Binance

Video

Transkript

Siz uyga ketayotganingizda, vafot etdingiz.

Bu avtohalokat edi.

Aytarli hech qanday dalillar yo’q,

… shunga qaramay, falokatli edi.

Bu og’riqsiz o’lim bo’ldi.

Doktorlar sizni qutqarish uchun barchasini qilishdi,

… ammo bu natija bermadi.

Sizning tanangiz shunchalik jarohatlanib ketgan ediki,

ketishingiz siz uchun yaxshiroq edi. Menga ishoning.

…va shunda siz men bilan uchrashdingiz.

“Nima… nima bo’ldi?”

“Men qayerdaman?”

“Siz vafot etdingiz.”

  • dedim men, hech narsa bo’lmaganday.

Gapni olib qochishdan foyda yo’q.

“U yerda … u yerda yuk mashinasi bor edi,

va u sirpanib ketayotgan edi.”

“Ha.”

“Men … men o’ldimmi?”

“Ha.”

“Ammo bundan noxush bo’lmang,

Hamma o’ladi.”

Siz atrofga qaradingiz,

Atrofda… hech narsa yo’q edi.

Faqat siz va men.

“Bu qayer?”

“Bu oxiratmi?”

“Shunga o’xshash. "

“Sen… Xudomisan?”

“Ha. Men Xudoman.”

“Mening bolalarim .. mening ayolim …

Ularga nima bo’ladi?”

“Ularni ahvoli joyida bo’ladimi?”

“Men buni ko’rishni yaxshi ko’raman”, dedim men.

“Siz hozir vafot etdingiz va sizning asosiy tashvishingiz - oilangiz.

“Bu yerda tashvishlanishingiz yaxshi narsa.”

Siz menga hayrat bilan qaradingiz.

Sizga men Xudoga o’xshab ko’rinmas edim.

Men shunchaki erkakka yoki ehtimol ayolga o’xshardim.

Ehtimol, ba’zi bir notanish shaxs sifatidadir.

“Xavotir olmang,” - dedim men. “Ularni ahvoli joyida bo’ladi.”

“Farzandlaringiz sizni har jihatdan mukammal deb eslashadi.

Ular sizni yomon ko’rishni boshlashga ulgurmadilar.”

“Xotiningiz esa boshqa tomonda yig’laydi.

Ammo ich-ichidan o’zini yengil his qiladi.”

“Rostini aytsam, sizning nikohingiz buzilib ketayotgan edi.”

“Agar shu senga taskin bersa aytay,

… u o’zini yengil his qilgani uchun,

o’zini juda aybdor his qiladi.”

“Ooo…

Xo’sh, endi nima bo’ladi?”

“Men jannatga yoki jahannam yoki shunga o’xshash joyga boramanmi?”

“Ikkalasi ham emas. Siz qayta tug’ilasiz.”

“Ааа,

Demak, buddistlar haq ekanda!”

“Barcha dinlar o’zlariga yarasha to’g’ri.”

“Men bilan yur.”

Bo’shliq bo’ylab yurganimizda, siz ortimdan ergashdingiz.

“Qayerga ketayapmiz?”

“Aniq bir joyga ketmayapmiz,

shunchaki yurib suhbatlashish yoqimli.”

“Xo’sh, bularni barchasidan maqsad nima?”

“Qayta tug’ilgandan so’ng,

…men bo’sh varaq bo’laman, to’g’rimi?

Chaqaloq?”

“Shunday qilib, mening barcha tajribalarim va hammasi …

bu hayotda qilgan hamma narsalarim … muhim emas…”

“Unday emas.”

“Ichingizda barcha o’tgan hayotlaringizdagi bilimlaringiz va tajribalaringiz bor.

Hozir ularni eslay olmaysiz.”

Men yurishni to’xtatdim va sizni yelkangizdan ushladim.

“Sizning qalbingiz tasavvur qilganingizdan ko’ra ham ulug’vor, chiroyli va ulkanroqdir.”

“Inson ongi faqat siz borligingizning kichik bir qismini o’z ichiga olishi mumkin.”

“Bu huddi barmog’ingizni stakandagi suvga tekkizishga o’xshaydi.

Issiq yoki sovuqigini bilish uchun.”

“Siz o’zingizning kichik bir qismingizni idishga solib qo’ydingiz

va uni qaytarib olib chiqqandan so’ng,

u o’zida bo’lgan barcha tajribalarni to’pladingiz.”

“Siz faqatgina so’nggi 48 yil ichida odam bo’ldingiz.”

“Shu tufayli, siz hali u darajada tajriba to’plamadingiz

va ongingizning barcha qismini his qilmadingiz.”

“Agar biz bu yerda uzoq vaqt suhbatlashsak,

siz hamma narsani eslay boshlaysiz.”

“Ammo har bir hayot o’rtasida buni qilishdan foyda yo’q.”

“O’zi men necha marta qayta tug’ilganman?”

“Oo, juda ko’p!

Juda va juda ko’p marta!

… va turli xil hayotlarda.”

“Bu safar siz

miloddan avvalgi 540 yilda xitoylik dehqon qizi bo’lasiz.”

“To’xtang … Nima?”

“Meni vaqt bo’ylab orqaga qaytarib yuborayapsizmi?”

“Umuman olganda, texnik jihatdan

Siz bilgan vaqt faqat sizning olamingizda mavjud.”

“Men kelgan joyda narsalar boshqacha.”

“Siz … qayerdansiz?”

“Ha, men bir joydanman. Boshqa joydan.

… va men kabi boshqalar ham bor.”

Bilaman, siz u yerda qandayligini bilmoqchisiz,

lekin to’g’risi, siz tushunolmaysiz.”

“Oh ..” deya ozgina tushkunlikka tushdingiz.

“Lekin to’xtang …”

“Agar men har xil vaqtlarda boshqa joylarda qayta tug’ilgan bo’lsam,

men o’zim bilan o’zim ko’rishgan bo’lishim mumkin edi.”

“Albatta, bu har doim sodir bo’ladi.”

“Ikkala inson ham faqat o’zlarining umr ko’rishlari haqida bilgani tufayli,

siz bu sodir bo’lishini sezmaysiz.”

“Umuman bulardan ma’no nima?”

Men sizning ko’zlaringizga qaradim.

“Hayot mazmuni,

… men bu koinotni yaratishimdan maqsad,

… bu siz ulg’ayishingiz uchun.”

“Siz insoniyatni nazarda tutyapsizmi? Sen biz katta bo’lishimizni xohlaysizmi?”

“Yo’q, faqat siz."

“Men bu butun koinotni faqat sen uchun yaratdim.”

“Har bir yangi hayot bilan sen o’sasan va rivojlanasan

… va siz yanada kattaroq va ajoyib aqlga aylanasiz.”

“Faqat men?”

Ammo qolganlarchi?"

“Boshqa hech kim yo’q.

Bu koinotda faqat siz va men bor."

Siz menga beparvo tikildingiz.

“Ammo yer yuzidagi barcha odamlar…”

“Hammasi siz.

Sizning turli xil hayotlarda qayta tug’ilishlaring.”

“Demak, men …

… hammaman”

“Endi tushuna boshlayapsiz.”

“Men Yerda yashagan har bir odamman”

“… va keyinchalik kim yashasa ham o’shasiz. Ha.”

“Men Avraam Linkolnmanmi?”

" va siz uninq qotili Jon Uilks But’siz."

“Men Gitlerman!”

… deb hayron bo’ldingiz.

“va siz u o’ldirgan millionlab odamlarsiz.”

“Men Iso’man!”

“va siz Unga ergashganlarning hammasisiz.”

Siz jim qoldingiz.

“Har safar kimnidir xafa qilsangiz,

siz o’zingizni xafa qilasiz.”

“Birov uchun qilgan har qanday yaxshilikni,

siz o’zingizni qilasiz”

“Har qanday inson boshidan kechirgan, har qanday quvonchli va qayg’uli onlarni,

faqat sen boshdan kechirgansiz yoki boshdan kechirasan.”

Siz uzoq vaqt o’yladingiz.

“Nega?”

“Nega bularning hammasini qilyapsiz?”

“Chunki qachondir, sen menga o’xshab qolasan”

“Chunki bu sening o’zing.

Siz mening turimdansiz! Siz mening bolamsiz!”

“Qoyil!” - dedingiz siz ishonqiramay…

“Meni xudo demoqchimisiz?”

“Yo’q, hali emas, hozircha siz Homiladorsiz.”

“Siz hali ham o’syapsiz.”

“Qachonki sen barcha insoniyat hayotini yashab bo’lsang,

siz tug’ilish uchun etarlicha o’sgan bo’lasiz.”

“Demak, bu butun borliq…

bu shunchaki…”

“Tuxum” - deb javob berdim.

“Endi sizning keyingi hayotga o’tish vaqtingiz keldi”

  • va men sizni navbatdagi manzilga jo’natdim.