Video
Transkript
Yolg’iz tushlik qilganimizda
begona shaharga ko’chib o’tganimizda,
dam olish kuni qolganlar band bo’lganida,
biz yolg’izlikni his qilamiz.
Ammo, so’nggi o’n yillikda bu o’tkinchi hissiyot
millionlab insonlar uchun odatga aylandi.
Angliyada 18-34 yoshli insonlarning 60 foizi o’zlarini yolg’iz his qilishadi.
Amerikada butun aholining 46 foizi o’zlarini mudom yolg’izlikda his qiladi.
Insoniyat tarixida aloqa eng yuksak rivojlangan zamonda yashashimizga qaramay,
aksariyat qismimiz o’zimizni yakka his qilamiz.
Yolg’izlik va tanholik bir-biridan tubdan farq qiladi.
Yolg’iz qolganda ko’nglingiz yorishib,
do’stlaringiz davrasida siqila boshlashingiz mumkin
Yolg’izlik sof subyektiv, shaxsiy kechinma hisoblanadi.
O’zingizni yolg’iz his qilyapsizmi,
demak chindan ham yolg’izsiz.
Odamlar bilan suhbatga no’noq odam o’zini yakka
his qiladi, degan yorliq bizga tanish bo’lsa kerak.
Ammo aholi orasida o’tkazilgan tadqiqotlar buni inkor etmoqda.
Yolg’izlik hech kimni chetlab o’tmaydi.
Pul, obro'
kuch, chiroy,
muloqot ko’nikmalari, buyuk shaxsiyat
hech narsa yolg’izlikka malham bo’la olmaydi.
chunki, u sizning vujudingizda yashayapti.
Yolg’izlik ochlik kabi organizmdagi jarayon.
Ochlik sizni fizilogik ehtiyojlariingizga
e’tibor berishga majburlasa,
yolg’izlik ijtimoiy ehtiyojlaringizga ahamiyat qaratishga majburlaydi.
Tanangiz ijtimoiy ehtiyojlaringiz haqida
qayg’uradi, zero bu ehtiyoj
million yil avval hayot yoki mamot masalasini hal qilgan.
Tabiiy tanlanish ajdodlarimizni birodarlikka va o’zaro aloqa
o’rnatishga qo’llab-quvvatlagan.
Ongimiz o’zgalarning fikr
va his-tuyg’ularini ilg’ash,
tanishlar orttirish va aloqa o’rnatishga
tobora yaxshiroq moslashib, o’sib borgan.
Odamlar orasida bo’lish bizning qonimizga singib borgan.
Siz 50 yoki 150 nafar odamlar orasida dunyoga kelib,
odatda shu insonlar bilan butun umr yashaysiz.
Kerakli kaloriyani to’plash,
xavfsiz va xotirjam bo’lish
yoki bolalarga g’amxo’rlik qilishni
bir o’zingiz eplay olmasdingiz.
Birga bo’lganlar tirik qolar,
yolg’iz qolganlar o’limga mahkum edi.
Shu bois, boshqalar bilan chiqishish muhim edi.
Ajdodlarimiz sherga yem bo’lishdan ko’ra
jamoadan uzoqlashib qolish
yoki jamoadan rad etilishni
hayot uchun xavfliroq hisoblashgan.
Bunga yo’l qo’ymaslik uchun
tanamiz o’zida “sotsial og’riq"ni yaratdi.
Bu ko’rinishidagi “og’riq”
rad etilishga qarshi evolyutsion moslashish edi
Bu huddi sizni yakkalanishdan qaytaruvchi
ogohlantirish tizimi edi.
Rad etilishdan ko’proq ozor chekkan ajdodlarimiz
boshqalar tomonidan rad etilganda,
xulqini o’zgartirgan va shu tariqa
qabilada qolishgan, aks holda
undan chiqarib yuborilgan
va katta ehtimol bilan
o’lishi aniq edi
Mana nega rad etilish og’ir botadi,
yolg’izlik esa undan-da azobli.
Bizni birlashtirib turgan bu mexanizm,
insoniyat o’zi uchun
yangi dunyo yaratgunga qadar,
uzoq davr mobaynida ishlab keldi.
Biz guvohi bo’layotgan YOLG’IZLIK EPIDEMIYASI
aynan Renessans davrida boshlangan edi.
G’arb madaniyati individualizmga
urg’u berishni boshladi
Mutafakkirlar o’rta asrlarning kollektivizm g’oyasidan voz kechishdi.
yangi protestantlik yo’nalishi esa
shaxsiy mas’uliyatga keng urg’u berdi.
Bu jarayon ayniqsa, Sanoat inqilobi davrida tezlashib ketdi.
Odamlar zavodda ishlash uchun o’z qishlog’i, dalasini tark etishdi.
Yuz yillab yashab kelgan jamoalar parchalanib,
shaharlar o’sa boshladi.
Dunyo shiddat bilan zamonaviylashib borgani sayin
bu jarayon tobora tezlashdi.
Bugun biz yangi ish, qayliq,
tajriba uchun uzoqlarga ko’chib boramiz
va qarindosh, birodarlarimizdan yiroqda yashaymiz.
Kamchilik insonlar bilan yuzma-yuz
ko’rishamiz va ularni avvalgidan kamroq ko’ramiz.
Amerikada 1985-yilda
odamlarning yaqin do’stlari 3 kishi bo’lgan bo’lsa
bu ko’rsatkich 2011-yilda 2 kishi edi.
Aksariyat insonlar surunkali yolg’izlikka
tasodifan mahkum bo’lishadi.
Siz voyaga yetishingiz bilan
ish, o’qish, sevgi, bola-chaqa
va internet bilan ovora bo’lib qolasiz.
Shunchaki, vaqt topish qiyinlashadi.
Vaqtni behuda sarflashning eng oson va qulay yo’li
uni do’stlar bilan sarflash.
Bir kuni uyg’onib,
o’zingizni yolg’iz his qilayotganingizni,
yaqinlikka muhtojligingizni anglaysiz.
Lekin, qariganda
yaqin munosabatlar qurish mushkullashadi,
shu tariqa, yolg’izlikni yengish qiyinlashadi.
iPhone, kosmik kemalarga o’xshash narsalar
insonga qanchalik yoqmasin,
ong va tana 50,000 yil avvalgi xususiyatlarini
hali ham yo’qotmagan.
Biz hali ham birgalikda yashashga moslashganmiz.
Keng miqyosli tadqiqotlarga ko’ra, surunkali yolg’izlik natijasida
paydo bo’lgan stress sog’liq uchun nihoyatda zararli hisoblanadi.
U tez qarishga, saratonning kuchayishiga, Altsgeymer xastaligining
tez rivojlanishiga, immun tizimining
sustlashuviga olib keladi.
Yolg’izlik semizlikdan ikki barobar
xatarliroq, u kuniga bir qutti tamaki chekish bilan teng.
Eng achinarlisi shuki, agar unga chek qo’ymasak,
u jiddiylashib borishi mumkin.
Jismoniy va sotsial og’riq miyadagi
yagona mexanizmga borib taqaladi, ularning ikkisi ham
bizga xatardek tuyiladi.
Sizda sotsial og’riq paydo bo’lganda,
himoya qobig’ingizga
kirib olasiz.
Agar yolg’izlik odatiy holga aylanib qolsa,
ong o’z himoya qobig’iga o’ralib olib,
har yerda adovat va jaholatni ko’ra boshlaydi.
Bu hali hammasi emas,
ba’zi tadqiqotlarning aniqlashicha, bu vaqtda ong ijtimoiy
signallarga o’ta sezgir bo’lish bilan birga
bu signallarni notog’ri talqin qilishni
boshlaydi. Atrofdagilarga
ko’p e’tibor bera boshlaysiz, lekin ularni tushunishingiz qiyinlashadi.
Yuzlarni ajratadigan ong sohasi faoliyati
izdan chiqadi va neytral yuz qiyofasini
yovuz qiyofa sifatida baholay boshlaydi,
natijada odamlarga ishonchingiz so’nadi.
Yolg’izlik sizni boshqlardan faqat yomonlik kutishga majburlaydi.
Tasavvuringizdagi shafqatsiz dunyodan
himoyalanish uchun o’z qobig’ingizga o’ralib olasiz,
natijada atrofdagilar ham sizga sovuqqon, odamovi
insonday qaray boshlashadi.
Agar yolg’izlik siz uchun odatiy holga aylanib
ulgurgan bo’lsa, eng avvalo,
o’zingiz o’ralashib qolgan nosog’lom siklni
ilg’ashga harakat qiling.
Odatda vaziyat bunday tus oladi.
Yolg’izlik insonni asabiy va g’amgin
qilib qo’yadi, natijada,
qulog’ingiz faqat salbiy fikrlarni
eshita boshlaydi.
O’zingiz va o’zgalar haqida salbiy fikrlay boshlaysiz,
bu xatti-harakatlaringizga ham ta’sir qiladi.
Odamlardan qocha boshlaysiz
va yanada yakkalanib qolasiz.
Bu sikl jiddiylashib, undan qutulish
tobora mushkullashadi.
Yolg’izlik sizni sindoshlaringizdan uzoqroqda o’tirishga,
do’stlaringiz qo’ng’irog’iga javob bermaslikka,
takliflar tugamaguncha, ularni rad etishga majbur qiladi.
Har birimizning o’z hikoyamiz bor
Agar u hikoyamizda boshqalar bizni ajratadi
deb hisoblasak, u rostan ham ro’yobga chiqishi mumkin
Shunday ekan, tashqi olam ham
aslida bizning tasavvurimiz mahsulidir
Yolg’izlik odatda sekin-astalik bilan rivojlanadi va
bir necha yillarda depressiyaga aylanishi,
o’zingiz istamasangiz ham boshqalardan uzoqlashishingizga
sabab bo’lishi mumkin.
Undan qutulish uchun, birinchi navbatda,
yolg’izlik tabiiy hissiyot
va uning hech qanday uyatli joyi yo’qligini
qabul qilish kerak.
Hamma ham hayotining qaysidir pallasida yolg’izlikni tuyadi,
uni jamiki insoniyat ahli his qiladi.
Bu hissiyotlaringiz sizni mo’jizaviy ravishda
tark etmaguncha,
ulardan qutila olmaysiz yoki e’tiborsiz qoldira olmaysiz,
ammo bu hissiyotni qabul qilib,
uning oqibatlaridan xalos bo’lish mumkin.
E’tiboringizni olayotgan narsalarni elakdan o’tkazing,
faqat salbiy fikrlarga
o’ralashib qolmayatganingizni tekshiring.
Deylik, hamkasbingiz bilan bo’lgan suhbat
chindan ham yomonmidi,
yoki neytral, yo hatto samimiy bo’lgandimi?
Suhbatning asl mavzusi nima edi?
Suhbatdoshingiz sizga nima dedi?
U chindan ham yomon so’zlarni tilga oldimi
yoki o’zingizdan bo’rttirib yubordingizmi?
Balki, suhbatdoshingiz salbiy munosabatda emasdir,
shunchaki vaqti kamdir.
Demak, tashqi olam haqida o’z tasavvurlaringiz bor,
boshqalardan faqat yomonlikni kutyapsizmi,
odamlar bilan suhbat qura turib,
uni oldindan taxmin qilyapsizmi?
Boshqalar atrofida o’zingizni ortiqchadek
his qilyapsizmi, ozor berishlaridan qo’rqib,
qalbingizni ocha olmayapsizmi?
Agar shunday bo’lsa, ko’nglingizdagi
shubhalarga erk bering.
Ular sizga qarshi emas deb tasavvur qila olasizmi?
Qalbingizni yana ochishga jazm qila olasizmi?
Nihoyat xatti-harakatlaringizga kelsak,
odamlar davrasiga kirish imkoniyatidan qochyapsizmi,
takliflarni rad etish yo’llarini izlayapsizmi,
o’zingizni avaylash uchun
boshqalarni o’zingizdan itaryapsizmi,
o’zingizni hujumda qolgandek his etyapsizmi
o’zi chindan ham yangi tanishlar izlayapsizmi?
yoki shu ahvolingizga ko’nikib bo’ldingizmi?
Albatta, hammaning vaziyati har xil,
bir qarashda vaziyatga aniq baho berish
mushkul
Agar muammolaringizni
yolg’iz hal qilishga ko’zingiz yetmasa,
mutaxassis yordamini olishga harakat qiling.
Bu ish ojizlarga emas, dovyuraklarga xos.
Ammo, biz yolg’izlikka,
baxtli bo’lish uchun yechilishi lozim bo’lgan
shaxsiy muammo yoki kemtiklik sifatida qaraymiz.
Bu keng ahamiyatga ega masala.
Insonlar yaratgan dunyo mo’jizadan hech ham farq qilmaydi,
lekin, biz yaratgan jamiyki olamshumul narsalar
o’zaro yaqinlikka bo’lgan
biologik va fundamental ehtiyojlarimizni
o’rnini bosa olmaydi.
Aksariyat hayvonlar o’zlariga
zarur narsalarni atrofidan olsalar,
biz, bizga zarur narsalarni
bir-birimizdan olamiz.
Va biz hayotimizni
shunday qurishimiz kerak
Keling, birga sinab ko’ramiz, tanishingiz bilan aloqaga chiqing
Balki o’zingizni biroz yolg’iz his qilayotgandursiz
yoki kimningdir ko’nglini ko’tarmoqchidursiz
Buni qizig’i yo’q, bugunoq uchrashing.
Balki anchadan beri
ko’rishmagan o’rtog’ingizga yozarsiz,
yoki hamkasbingizni qahvaga taklif qilarsiz,
yoki qadrdon insoningizga qo’ng’iroq qilarsiz,
Yo shunchaki borishga yuragingiz
oshiqmayotgan biror yerga boring.
Hamma har xil, sizga nima yoqishini o’zingiz yaxshi bilasiz.
Balki, bu hech qanday natija bermas, unda hech qisi yo’q.
Bu ishlardan biror natijani ko’zlamang.
Maqsad shunchaki qardoshlik mushaklarini
keyinchalik mustahkamroq qilish uchun ularni mashq qildirish,
yoki kimgadir yordam qo’lini cho’zish
Ushbu videoni tayyorlash vaqtida
o’zimiz o’qigan kitoblardan ikkitasini tavsiya qilamiz
Gay Vinch tomonidan yozilgan
“Emotsional birinchi yordam” kitobi,
yolg’izlikni foydali bo’lishi mumkinligi
va undan xalos bo’lish
usullarini tushuntiradi
Jon T. Kachiopo va Uilyam Patrik tomonidan yozilgan
“Yolg’izlik” nomli kitobda
yolg’izlikni yengishning samarali usullari
bayon etilgan
Nima uchun yolg’izlikni his qilamiz,
u jamiyatga qanday yoyiladi
va uni yengish borasida ilm-fan qanday fikrda,
degan savollarga sodda
va ilmiy tilda javob berilgan.